Rayan Garsiya Konor Benni nokaut qiladi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, hozirda esa boks bo‘yicha taniqli ekspert Pol Malinyadji yaqinlashib kelayotgan yarim o‘rta vazndagi titul jangi haqida gapirdi.
"Menimcha, Reyan Garsiya Bennni nokaut qiladi. Bu bahs olti raunddan ortiq davom etmaydi, deb o‘ylayman. Ikkalasi o‘rtasida mahorat va kuch jihatidan juda katta farq bor. Konor haqida aytilayotgan darajada kuchli bokschi emas.
Shu bilan birga, Reyan uchun bu to‘qnashuv — o‘z so‘zini qat’iy aytish, o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat, chunki u ismi tanilgan raqibga qarshi ringga ko‘tariladi. Biroq menimcha, bu raqib u bilan bir ringda turishga arziyadigan darajada emas", — dedi Malinyadji.
Eslatib o‘tamiz, Reyan Garsiya va Konor Benn o‘rtasida WBC kamari uchun jang 12 sentabr kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar