Rayan Garsiya: "Tsarukyan, puling cho‘ntagimda! Qani olib ko‘r-chi!"

  • 28.05.2026 21:29
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim o‘rta vazn toifasida WBC chempioni Rayan Garsiya UFC jangchisi Arman Tsarukyangа yutqazgan 40 000 dollarini bermoqchi emas.

Mojaro tarixi aprel oyiga borib taqaladi. O‘shanda Garsiya Armanning do‘stlaridan birini tanasiga urib yiqita olmasligiga 40 000 dollar tikilgan. Ikki urinishdan so‘ng bokschi buni uddalay olmadi, biroq yuqazilgan summa ham UFC jangchisiga berilmagan.

"Complex" nashriga bergan intervyusida Rayan nima uchun bu pulni to‘lamasligini tushuntirdi.

"Men unga bir dollar ham bermayman. Nega?! Odamlar strimda bir narsani payqashmadi: men Armanning o‘zini urmoqchi bo‘lganimda, u menga shunday dedi: "Yo‘q, birodar, bu adolatdan emas, chunki men jangchiman va zarbalardan himoyalana olaman." Men esa: "Mayli, buning nima farqi bor?" deya javob qaytardim.  

Keyin esa to‘satdan umuman qo‘riqchiga o‘xshash tasodifiy bir odam chiqdi. Shu payt miyamda nimadir noto‘g‘ri degan fikr paydo bo‘ldi. Zarba berganimda vaziyatni tushunmaganim uchun qattiqroq urushni istamadim. Bundan tashqari, menga faqat ma’lum bir joyga zarba berishga ruxsat berishdi. Hammasi juda g‘alati edi. Men uni bor-yo‘g‘i ikki marta urdim, holbuki uch marta urishim kerak edi va men o‘yladim: "Yo‘q, bu qandaydir bema’nilik. Menga bu yoqmayapti.

Shundan so‘ng: "Mayli, pulni beraman," dedim, lekin ichimda: "Yo‘q, meni shunchaki aldashdi," deb o‘yladim. Aniqrog‘i, u meni shunchaki tuzoqqa tushirdi, deb o‘ylayman. Arman, eshit. Agar o‘sha pulni olmoqchi bo‘lsang, qani urinishib ko‘r. Ular cho‘ntagimda!" – dedi Garsiya.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!