Rayan Garsiya WBC chempioni bilan jang qilmoqchi

  • 4 noyabr, 2019, 15:13
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Kechagina Kanelo va Kovalyov anderkartida Romero Duno (21-2, 16 KOs) ni 1-raundda nokaut qilib, o‘zining 19-g‘alabasini nishonlagan Rayan Garsiya (19-0,16 KOs) ushbu vaznda yaqindagina WBC chempioni deb e’lon qilingan Devin Xeyni bilan jang qilish istagini bildirmoqda. Garchi Devin havaskor boksda 2 bora Garsiyaga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada.

Hozirda holat mutlaqo boshqacha. Bu jang haqida matbuot anjumanida Garsiyaning o‘zidan so‘rashganida, jang 2021 yil boshida bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. U hozirda keyingi jangini Jorje Laynrsend yoki Lyuk Kempbell bilan bo‘lishni istayotgani haqida ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!