Rayola Xolandni “Borussiya”da qoldirmaydi!
“Borussiya” hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola o‘z mijozini yozda Dortmunddan ketishiga erishmoqchi.
Tajribali agent norvegiyalik hujumchini “Chelsi” yoki “Real”dan biriga joylash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Xolandning shartnomasida uni oladigan klublar 2022 yilning yozida 75 million evro to‘lashi mumkin bo‘lgan band ko‘rsatilgan. Rayola ishni cho‘zmoqchi emas va shu yilning yozida futbolchining transferiga erishmoqchi.
Xoland yakunlangan mavsumda Bundesligada 28 ta uchrashuvda 27 ta gol urdi va oltita golli pas uzatdi.

Fikrlar