
"RB Leyptsig" hujumchisini Chempionship klubiga ijaraga berdi
Angliyaning "Lids Yunayted" klubi o‘zining rasmiy saytida "RB Leyptsig" hujumchisi Jan-Kevin Ogustinni tarkibga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Chempionship vakili 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olgan. Ogustin esa yangi jamoasida 29-raqamda to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Ogustina joriy mavsumni “Monako” safida ijarada boshlagan edi. U 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar