
"RB Leyptsig" o‘z maydonida "Augsburg"ni engdi (video)
Germaniya Bundesligasining 21-turida “RB Leyptsig” o‘z maydonida “Augsburg”ga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan bellashuv 2:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “RB Leyptsig” safida gollarni Dani Olmo hamda Kristofer Nkunku kiritgan bo‘lsa, “Augsburg”ning yagona goliga Daniel Kalijuri mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar