"RB Leyptsig"ning sobiq ustoziga MYu va "Bavariya" qiziqmoqda
“RB Leyptsig” klubi sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik yana katta futbolga qaytishi mumkin.
Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 61 yoshli nemis mutaxassisi "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Aytish kerakki, unga shuningdek “Bavariya” ham qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rangnik o‘tgan mavsum yakunlangach “RB Leyptsig”dan ketgan edi. U ayni damda Red Bull kompaniyasida sport bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib bormoqda.
Ma’olumot uchun, hozirda MYuni norvegiyalik Ule Gunnar Sulsher, "Bavariya"ni esa xorvatiyalik Niko Kovach boshqarmoqda.

Fikrlar