"RB Zaltsburg" futbolchisi "RB Leyptsig"ga o‘tadi. Unga "Real", "Arsenal" va "Bavariya" klublari ham xaridor bo‘lgan edi

  • 11 dekabr, 2020, 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“RB Zaltsburg” yarim himoyachisi Dominik Soboslai joriy qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi.

Tecno

Sky tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi “RB Leyptsig” safiga o‘tadi. Ayni damda tomonlar shartnoma imzolashning so‘nggi bosqichida turishibdi. Aytish kerakki, Dominikning tovon puli 25 mln evroni tashkil etadi.

Klublar 25 dekabrga qadar ushbu transferni rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Soboslaining agenti bilan «Arsenal», «Real» va «Bavariya» klublari ham bog‘langan. Ammo u aynan Yulian Nagelsmann qo‘l ostida to‘p surishni tanlagan.

Dominik Soboslai joriy mavsum Avstriya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!