"Real", "Atletiko", "Barselona" klublarini boshqargan tarixdagi yagona murabbiy vafot etdi
Serbiyalik mashhur murabbiy Radomir Antich 71 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Hozircha uning o‘limi sabablari oshkor etilmayapti.
Aytish kerakki, Antich faoliyati davomida "Atletiko", "Saragosa", "Real", "Ovedo", "Barselona", "Selta" va "Shandun Lunen" klublarini boshqargan. Shuningdek, Serbiya terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.
U 1995/96 yilgi mavsumda “Atletiko” bilan Ispaniya chempionati va kubogida zafar quchgan.



Fikrlar