
"Real", "Barselona" va MYu bir futbolchi uchun kurashadi
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans bir necha grand jamoalar diqqat markazida bo‘lib turibdi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Real", "Barselona" hamda "Manchester Yunayted" belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Uning "tulkilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo‘ljallangan.
Mankuniyaliklar Yurini Pol Pogba jamoani tark etgan taqdirda sotib olmoqchi. "Qirollik klubi" esa, Pogbani xarid qila olmasa, Tilemansni Madridga olib kelishga urinib ko‘radi. Kataloniyaliklar ikki raqibining muammolaridan foydalanib qolishi mumkin.
24 yoshli havbek "Lester" safida 2019 yilning 8 iyul sanafidan beri harakat qilib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida Yuri 112 uchrashuvda ishtirok etib, 18 gol va 19 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar