"Real" 100 millionga futbolchi xarid qiladi
"Real" Orelen Chuamenini "Monako"dan sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar bermoqda.
Madrid klubi 22 yoshli futbolchi uchun 80 million evro to‘lashga tayyor. Shuningdek, klub u uchun 20 million evro bonus taklif qilmoqda.
Avvalroq, xabar berilishicha, Chuameni Madrid klubi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Joriy mavsumda frantsiyalik yarim himoyachi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar