
"Real" 2017 yildan buyon bunday natijani qayd etolmayotgan edi
Xabaringiz bor kecha “Real” Ispaniya Superkubogi yarim final bellashuvida “Valensiya”n 3:1 hisobida engdi va finalga yo‘l oldi.
Ta’kidlash kerakki, “qirollik klubi” qatorasiga 15 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmay kelmoqda (10 ta g‘alaba, 5 ta durang). E’tiborlisi, bu “Real”ning 2017 yilning yanvaridan buyon qayd etgan eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan jamoasi so‘nggi bor 19 oktyabr kuni La Liga doirasida “Malorka”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar