
"Real" 4 ta pozitsiyaga futbolchi olib keladi, bir nechta afsonalarga javob beriladi
Madridning "Real" klubi bir nechta pozitsiyani kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda.
"AS" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati Karim Benzema o‘rniga markaziy hujumchi, Luka Modrich o‘rniga yarim himoyachi va ikkita qanotga futbolchi olib kelishni niyat qilgan.
Jamoa yuqoridagi ikki afsonaning yoshi o‘tib borayotganidan norozi. Karvaxal va Mendi esa ishonchni oqlay olmayapti. Hozircha chap qanot uchun Alfonso Devis varianti bor. Qarama-qarshi tomonga Dyumfris olib kelinishi mumkin.
Avvalroq, "qirollik klubi" yozgi transfer oynasida katta mablag‘ sarflashga tayyor ekani xabar qilingandi.
Fikrlar