
“Real” afsonasi Barselona klubidan yuz o‘girdi
“Real”ning sobiq hujumchisi Raul Gonsalesga Barselona shahrining ikkinchi klubi – “Espanol”ni shug‘ullantirish imkoniyati taklif etildi.
Biroq, 45 yoshli mutaxassis “Real” tizimida qolib, yosh o‘yinchilarga futbol sirlarini o‘rgatishni ma’qul topdi va taklifga rad javobini berdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Raul futbolchi sifatida madridliklar safida 18 yil faoliyat ko‘rsatgan. Bu davr mobaynida 739 ta uchrashuvda qatnashib, 332 ta gol va 114 ta assist qayd etgan.
Ispan hujumchisi 2010-2012 yillar davomida “Shalke”, keyinchalik “Al-Sadd” va “Nyu-York Kosmos” jamoalari sharafini himoya qildi.
Mashhur futbolchi 2018 yildan beri “Real” tizimida murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Fikrlar