
“Real” Anchelotti so‘ragan yulduzni olib bermadi
“Manchester Siti”ning tajribali o‘yinchisi va sardori Kayl Uoker faoliyatini Italiya chempionati vakili “Milan”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Biroq angliyalik futbolchi oldida “Real”da o‘ynash imkoniyati ham tug‘ilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Karlo Anchelotti 34 yoshli futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi bo‘lgan.
Italiyalik mutaxassis “Qirollik klubi” xo‘jayinlaridan qishki transferlar davrida Kayl Uokerni olib berishni so‘radi. Biroq klub mutasaddilari bosh murabbiy iltimosini qondirmadi.
Jurnalist Ramon Alvaresning ma’lum qiligicha, madridliklar Kayl Uokerning yoshini pesh qilib, Anchelottiga klub akademiyasidan etishib chiqayotgan iste’dod egalariga e’tibor qaratishni uqtirgan.
Fikrlar