“Real” Anchelottiga katta “sovg‘a” tayyorladi!
“Real” prezidenti Florentino Peres jamoani qabul qilib olishga rozilik bergan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini xursand qilish uchun supertransferni amalga oshirmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” rahbari jamoaga PSJ to‘purari Kilian Mbappeni olib kelish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishini bildirmoqda. Peres parijliklar uning taklifini rad etmasligiga ishonmoqda. Chunki ular Mbappeni tez orada sotib yubormasa, kelasi mavsum yakunlanishi bilan u erkin agent sifatida jamoadan tekinga ketib qoladi.
Kilian Mbappening PSJdan ketishi, qator transferlarga sabab bo‘ladi. Chunki frantsuzlar uning o‘rnini bosish uchun bir necha o‘yinchilarni olish variantini ko‘rib chiqishi kerak. Xususan, Mbappe ketadigan bo‘lsa, parijliklar “Yuventus”ni tark etish ilinjida yurgan Krishtianu Ronalduni olib kelmoqchi.

Fikrlar