
"Real" APLni "portlatayotgan" futbolchini "nishonga oldi"
"Real" Madrid rahbariyati "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 28 yoshli angliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Ammo Lingardni qo‘lga kiritish ularga oson bo‘lmaydi. Boisi Jessiga "Arsenal", PSJ va "Inter" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud. Qolaversa, "Vest Xem" ham uning transferini to‘liq sotib olish harakatida yuribdi.
Lingard "Vest Xem"ga davralar oralig‘ida MYudan ijara asosida ko‘chib o‘tdi. U o‘tgan vaqt mobaynida “bolg‘achilar” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Lingardning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Shu sababli mankunianliklar uni yozda sotib yuborishi mumkin.
Fikrlar