"Real" Arbeloa qo‘l ostida nechanchi mag‘lubiyatini qabul qildi?
"Real" bosh murabbiy Alvaro Arbeloa rahbarligidagi 4-magʻlubiyatini qayd etdi. Jamoa La Liganing 26-turi doirasida oʻz maydonida "Xetafe"ga 0:1 hisobida yutqazdi.
Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlangandan buyon "Real" barcha musobaqalarda 8 ta gʻalaba qoʻzondi va 4 marta magʻlub boʻldi. Shu jumladan, Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Albasete"ga ham imkoniyatni boy bergan.
Maʼlumot uchun, ayni paytda "qaymoqranglilar" turnir jadvalida 60 ochko jamgʻarib, 2- oʻrinda bormoqda. Klub peshqadam "Barselona"dan 4 ochko kam toʻplagan.

Fikrlar