"Real" "Arsenal" futbolchisi uchun hujumchisini qo‘shib bermoqchi

"Arsenal"ning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyang qishgi transfer oynasi vaqtida "Real" tarkibini to‘ldirishi mumkin.

Madridliklar ushbu transfer amalga oshishini tezlashtirish uchun londonliklarga Luka Yovichni taklif qilishmoqda.

Serbiyalik futbolchi "qaymoqrangliklar" safiga yozda kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsumda 11 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritishni uddalagan.

"Arsenal" bilan kelishuvni uzaytirishni xohlamayotgan Obameyang esa 15 o‘yinda o‘nta gol kiritib ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!