"Real" "Arsenal"ning etakchisi bilan kelajakda shartnoma imzolamoqchi
Madridning "Real" klubi Londonning "Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays o‘yinidan hayratda qoldi.
Xabaring bor, Arteta boshchiligidagi "kanonirlar" o‘tgan hafta Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya" bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya Deklan Rays e’tirof etildi.
"E-Noticies" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, "Real" yaqin kelajakda Angliya terma jamoasi yulduziga egalik qilish imkonini ko‘rib chiqishga tayyor. Transfermarkt portali Deklan Rays qiymatini 120 million evro deb baholaydi. Futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.



Fikrlar