"Real": Asensioning narxi - 700 mln evro

  • 23.05.2019 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi "Real" vingeri Marko Asensioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” 23 yoshli ispaniyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida sotib olishmoqchi. Biroq, “qirollik klubi” iste’dodli futbolchisini qo‘yib yuborishni xohlamayapti. “Real” rahbariyati APL grandiga Asensioning narxi 700 mln evro ekanini aytgan. Boisi, futbolchining shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli belgilab qo‘yilgan.

Ta’kidlash kerakki, Asensoga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan katta umid bog‘lamoqda.

Ma’lumot uchun, Marko Asensio joriy mavsum “Real” safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!