"Real" Azarga qancha maosh va’da qilmoqda?

  • 25 aprel, 2019, 14:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Chelsi" vingeri Eden Azarga qancha maosh taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda 28 yoshli belgiyalik futbolchi “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tsa, yiliga 24 million evro maosh olishi mumkin. Taqqoslash uchun, Azarning “aristokratlar” safidagi yillik maoshi 13 million evroni tashkil etadi.

Ayni damda “Real” va “Chelsi” o‘zaro futbolchining transfer narxi masalasida kelishuvga erisha olishmayapti. Londonliklar 116 mln evro talab qilishmoqda, madridliklar esa 100 mln evro taklif qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!