"Real" Azarning operatsiyasiga rozilik berdi
"Real" Madrid klubi vingeri Eden Azar jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati belgiyalik futbolchining operatsiyasiga rozilik bildirishgan. Ushbu jarrohlik amaliyoti AQShning Dallas shahrida o‘tkaziladi.
Endi Azar payshanba yoki juma kuni “Real” tibbiyot xizmati boshlig‘i Niko Mixicha bilan birga okean ortiga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar Azar operatsiya qilinsa, mavsumning qolgan qismida maydonga tusholmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar