
“Real” “Barsa” yuz o‘girgan o‘yinchini oladi
“Real” rahbariyati ayni paytda Bundesligada “Leyptsig” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Dani Olmoni transfer qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatdi.
Ispaniyalik yarim himoyachi aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniya klubi asosiy tarkibidan joy tegmagani uchun 23 yoshli o‘yinchi o‘z omadini boshqa klublardan qidirishga majbur bo‘lgan.
“Barselona” ham Olmoni milliy transferlar ro‘yxatiga kiritgan edi. Biroq murabbiylar shtabi yaqinda uni ortga qaytarish fikridan qaytdi. Vaziyatni kuzatib turgan madridliklar iste’dodli futbolchini yozda xarid qilishga tayyor.
Dani Olmo joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda uchta gol urib, beshta golli pas oshirdi. Uning amaldagi bitimi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar