“Real” “Barsa”ning nishonini urmoqchi

  • 27.03.2022 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” mutasaddilari “Ayaks” himoyachisi Nusser Mazrauini Madridga olib kelish harakatini boshlab yubordi. Marokashlik futbolchi madridliklarning ashaddiy raqibi “Barselona” nishonida turibdi. Kataloniyaliklar anchadan beri uni o‘z safiga chorlamoqda.

Mazrauining amsterdamliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu bois, uning xaridorlari ko‘payib bormoqda.

Yaqinda “Barselona” himoyachi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar tarqatilgan edi. Biroq, Mazrauining o‘zi buni rad etdi. Shundan so‘ng, kurashga “Real” ham qo‘shildi.

Ta’kidlash lozimki, 24 yoshli afrikalik o‘yinchiga “Roma”, “Bavariya” va “Borussiya D” ham qiziqish bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!