
“Real” “Barvariya”ning rekordini takrorladi
Xabaringiz bor, kecha UEFA Chempionlar ligasi yarim final javob bahsida “Atletiko” o‘z maydonida “Real”ni qabul qildi. O‘ta keskin kurashlarga boy kechgan o‘yin 2:1 hisobida “matraschilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ammo, dastlabki uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan “qirollik klubi” yakunda Kardiffda bo‘lib o‘tadigan finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shu kuni Iskoning raqib darvozasiga kiritgan yagona to‘pi nafaqat “Real”ni finalga olib chiqdi, balki, bu gol jamoa uchun tarixiy natijani ham taqdim etdi. Gap shundaki, Zinedin Zidan shogirdlari ketma-ket 61ta rasmiy o‘yinda raqiblari darvozasini ishg‘ol etishni uddalashdi. Bu bilan esa ular kuchli beshlik chempionatlari tarixida 2013-2014 yil “Bavariya” qayd etgan rekordni takrorlashdi. Agar, “Real” kelgusi bahsda ham raqibi darvozasiga gol urishni uddalasa, u holda “qirollik klubi” bu borada yaqqol rekordchiga aylanib olishi mumkin.
Fikrlar