"Real" "Bavariya" himoyachisi uchun 50 million to‘lamoqchi emas

  • 4 noyabr, 2023, 16:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis "Real Madrid"ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.

Tecno

"AS" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" vakillari kanadalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishgan. Nemis grandi 50 million evro evaziga Alfonso bilan xayrlashishga tayyor, ammo Madrid klubi buncha pul to‘lashga tayyor emas. "Qaymoqranglilar" Devisni kamroq pul evaziga sotib olmoqchi.

23 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali uning narxini 70 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!