"Real", "Bavariya", PSJ va APL klublari "Bornmut" vingerini transferi uchun kurashmoqda

  • 01.08.2026 14:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«The Sun» nashrining xabar berishicha, Yevropaning eng kuchli klublari 19 yoshli «Bornmut» va Braziliya terma jamoasi vingeri Rayan uchun kurash olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, yosh iste’dodga bir vaqtning o‘zida bir nechta grandi jamoalar qiziqish bildirmoqda. Ular orasida madriddlik «Real», myunxenlik «Bavariya», parijlik «PSJ», shuningdek Angliya Premier-ligasining ikki klubi — «Liverpul» va «Arsenal» bor. «Bornmut» esa futbolchini osonlikcha qo‘yib yuborish niyatida emas: klub Rayan uchun taxminan 100 million yevro so‘ramoqda. Solishtirish uchun, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 60 million yevro atrofida deb baholagan.

Braziliyalik vinger joriy yil yanvar oyida «Vasko da Gama» klubidan «Bornmut» safiga qo‘shilgan edi. U Premier-ligada o‘tkazgan 15 uchrashuvida beshta gol urdi va ikki marta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!