
“Real” Benzema o‘rniga kuchli hujumchi tanladi
"Real" Madrid yozgi transfer oynasida Karim Benzema bilan raqobatlasha oladigan va keyinchalik frantsuz futbolchisini almashtira oladigan hujumchini sotib olishni maqsad qilgan.
"Goal" portalining xabar berishicha hujum markazini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida Roberto Firmino ko‘rilmoqda.
Joriy mavsum oxirida Firmino "Liverpul"ni tark etadi, bu haqda allaqachon ma’lum qilingandi. 31 yoshli braziliyalikning "Enfild"dagi shartnomasi yakuniga etmoqda. Ya’ni hujumchi kelasi yozda shartnoma imzolashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 yilgi mavsumda Firmino “Liverpul” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.
Fikrlar