 
                "Real" Benzemaning o‘rniga Ikardini olib keladi
Milanning “Inter” klubi to‘purari Mauro Ikardi joriy mavsum yakunlangach “Real”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda ayni damda sharhlovchilik qilayotgan “Milan”ning sobiq futbolchisi Daniele Massaro xabar bermoqda.e
“Ayni damda shuni aytishim mumkinki, Ikardi kelasi mavsum “Real” hujumchisiga aylanadi. Uning transferi Benzemaning sotuvidan tushadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi”, - deydi Massaro.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli argentinalik futbolchi “Inter” safiga bundan 4 yil muqaddam “Sampdoriya”dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “neradzurrilar” safida jami 91ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar