"Real" Beyldan norozi va u bilan xayrlashishga tayyor

  • 23 fevral, 2018, 19:00
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” xujumchisi Garet Beyl mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Nashr tarqartgan xabarlarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi “qirollik klubi” rahbariyatining ishonchini oqlay olmadi. Madridliklar o‘yinchining maydondagi hatti harakatlari va himoyaga bo‘lgan e’tiborsizligidan norozi.

Eslatib o‘tish joizki, Beyl “Real Madrid” tarkibida oxirgi 4 uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan. Shu qatori, EChL 1/8 finali doirasida PSJga qarshi o‘tqazilgan muhim bellashuvni ham assosiy tarkibda boshlamagan.

Ma’lumot uchun, “Real” uelslik futbolchini o‘tgan mavsum yakunida 90 million evro evaziga qo‘yib yubormoqchi edi, ammo bu borada hech qanday taklif olmadi.

Beyl ushba mavsumda "Real" safida 14 uchrashuvda maydonga tushgan, 6 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan va 2ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!