"Real" Beyldan qanday qutulmoqchi?

  • 09.05.2019 23:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi rahbariyati hamon jamoa vingeri Garet Beyldan qanday qutilishni o‘ylamoqda.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati buning uchun uelslik futbolchini o‘rinbosarlar tarkibiga badarg‘a qilmoqchi. Ular aynan mana shu yo‘l bilan Beylni jamoadan ketishga majbur qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Beyl “Real”dan ketish niyati yo‘qligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlash kerakki, uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. U ayni damda jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Uning yillik maoshi 17 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!