
“Real” bir futbolchidan voz kechdi
“Real” mutasaddilari jamoa himoyachisi Ferlan Mendi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Jurnalist Mario Kortexananing ta’kidlashicha, 28 yoshli futbolchining ko‘p jarohat olayotgani klubdagilarga yoqmayapti. Ferlan aynan shu muammo tufayli Karlo Anchelottining asosiy tarkibiga kira olmayapti.
“Qirollik klubi” vakillari taeribali himoyachini mavsum yakunlanganidan keyin to‘liq sotib yuborishni rejalashtirgan.
Mendi joriy mavsumda to‘qqiz marta maydonga tushdi, lekin biror samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi.
Transfermarkt portali Ferlan Mendini 20 million evroga baholamoqda. Yozga borib bu narx yana tushishi mumkinligi aytilyapti.
Fikrlar