
“Real” bir futbolchisi uchun ikki superklubdan taklif oldi
“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio kelasi mavsumni Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
24 yoshli yarim himoyachi “Liverpul” va “Arsenal”dan taklif oldi. Ular “Qirollik klubi” bu futbolchi uchun talab qilayotgan 60 million evrolik badal pulini to‘lashga tayyor ekanini bildirgan.
Zinedin Zidan iste’dodli yarim himoyachining o‘yinidan umuman qoniqmayapti va uni boshqa jamoaga sotib yubormoqchi. Asensio joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olmadi.
Fikrlar