
“Real” bir juft supertransferga qo‘l uradi
“Real” mutasaddilari bo‘lajak transfer nishonlarini oldindan belgilab oldi. Madridliklar bir yil farqi bilan “Manchester Siti”ning ikki yulduzini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Dastlab, 2023 yilning yozida “Qirollik klubi” Joau Konseluni Madridga olib kelishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalik futbolchining bundan xabari bor va “Real”ga o‘tishga rozilik berishini bildirgan. 28 yoshli o‘yinchini olish uchun 40-50 million evro kifoya qiladi.
Oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2024 yilning yozida madridliklar Erling Xoland transferi bo‘yicha ishlaydi. Norvegiyalik to‘purar shartnomasida ikki mavsumdan keyin uni 180 million evroga sotib olish mumkinligi yozilgan.
Fikrlar