
“Real” bosh murabbiydan qutilmoqchi, Anchelotti yana o‘n yil jamoani boshqarmoqchi!
“Real” rahbariyati jamoaning La Ligada “Barselona”ga raqobat ko‘rsata olmaganligi sababli bosh murabbiy Karlo Anchelottining o‘rniga boshqa mutaxassisni olib kelishga qaror qilgan.
Italiyalik mutaxassis esa, yana bir yil davom etadigan shartnomani oxirigacha etkazib, hali-beri joyini bo‘shatish istagi yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Bu borada berilgan savolga Anchelotti qo‘yidagicha javob berdi.
- O‘zim uchun kelajagimni muhokama qilmaslikni maqsad qilib oldim. Chunki har uch kunda matbuot anjumani bor. Har gal meni kelajagim haqida gaplashsak, zerikib qolasizlar.
Kelajakda nima bo‘lishini men bilmayman. Shartnomam 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Agar “Real” ishimdan qoniqayotgan bo‘lsa, kelishuvni 2034 yilgacha uzaytirishimio‘ mumkin, - dedi Karlo Anchelotti.
“Real” o‘tgan mavsum bu mutaxassis qo‘l ostida Ispaniya chempionati va Evropa chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Shunga qaramay, Anchelotti transferlar borasida klub rahbariyati bilan kelisha olmayapti.
Fikrlar