
“Real” bosh murabbiyi “Roma” hujumchisini nishonga oldi
“Roma” universal futbolchisi Nikolo Dzanolo faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin, deb xabar tarqatmoqda Football Espana nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar bosh murabbiyi Karle Anchelottining shaxsan o‘zi 23 yoshli futbolchini “real”ga olib kelishni talab qilmoqda.
Italiyalik murabbiy o‘z hamyurtini chorlayotgan bir paytda klub prezidenti Florentino Peres bu transferning samarasiga shubha bilan qaramoqda. Chunki Nikolo jarohatga moyil va yil davomida barqarorligini ushlab tura olmaydigan futbolchilar toifasiga kiradi.
Xususan, “Roma” rahbariyati aynan mana shu omillar sababli futbolchi so‘ragan maoshni berib, shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
Fikrlar