“Real” bosh murabbiyi uzoqroq muddatga chetlatilishi kutilmoqda

  • 31 oktabr, 2022, 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Jirona”ga qarshi o‘tkazilgan bahsni boshqargan hakam Mario Melero Lopesni tanqid qilgani uchun to‘rtta uchrashuvda diskvalifikatsiya qilinishi kutilmoqda.

Tecno

Uchrashuvdan keyin italiyalik mutaxassis hakamni noto‘g‘ri penalti berganlikda ayblab, o‘sha vaziyatni Marko Asensio to‘pni qo‘li bilan o‘ynamaganini ta’kidlagan.

Anchelottining bayonoti maxsus qo‘mitaga etkazildi va aynan mana shu qo‘mita murabbiyni javobgarlikka tortish masalasini hal qiladi.

“Real” o‘z maydonida chempionat autsayderlaridan bo‘lgan “Jirona” bila 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mehmonlarning javob to‘pi Anchelottining e’tiroziga sabab bo‘lgan penaltidan kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!