
“Real” bosh murabbiyni almashtiradi, Xoland va bir vunderkindni olib keladi
“Real” prezidenti Florentino Peres kelajak uchun aniq rejalarni tuzib qo‘ydi.
Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” mutasaddilari bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rniga boshqa nomzod olib kelishi, ikkita hujumchi bilan kelishuvga erishishi lozim.
EL Nacional nashrining ma’lum qilishicha, Peres o‘z jamoasini boshqarishni “Bayer”da bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan Xabi Alonsonga topshirmoqchi. Bu mutaxassis futbolchilik davrida “Real” sharafini himoya qilgan va klub talablarini yaxshi biladi.
Bu o‘zgarish 2024 yilning yozida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, o‘sha paytga kelib, “Real” vakillari “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland va “Palmeyras”ning 16 yoshli hujumchisi Endrikni ham Madridga olib kelishi mo‘ljallangan.
Fikrlar