
"Real" bu futbolchining maoshini oshirmoqchi
“Real” klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Eder Militao bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarga kirishdi, deya xabar bermoqda Goal.com.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, braziliyalik futbolchining maoshi sezilarli daraeada yuqorilaydi.
Aytish kerakkki, 24 yoshli futbolchi ayni damda “Real”ning eng kam maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi, biroq futbolchining vakillari klub rahbariyati bilan uchrashib, tafsilotlarni muhokama qilsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Militaoning o‘zi esa Madridda baxtli ekanligini va 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Fikrlar