
“Real” “Chelsi” futbolchisi uchun o‘z yarim himoyachisini qo‘shib bermoqchi
"Real Madrid" "Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandesni yozgi transfer oynasida jamoaga qo‘shish imkoniyatini o‘rganmoqda. Klub mutasaddilar ushbu transferga frantsiyalik yarim himoyachi hisoblangan Orelen Tchuameni ham qo‘shib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda “Teamtalk” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “qaymoqranglilar” yozgi transferlar oynasida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Hozirda “aristokratlar” va “Bayer” futbolchilari Entso Fernandes va Florian Virts eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Agarda fursat tug‘ilishi bilanoq “qirollik klubi” argentinalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi. Faqatgina londonliklar xavbek uchun yaxshigina summa so‘rashi aniqligi bois, madridliklar ushbu transferga Tchuameni ham qo‘shib berishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Entso joriy mavsum 34 ta bellashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evroni tashkil etmoqda.
Fikrlar