"Real" "Chelsi"ning qimmatbaho futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
"Real Madrid" "Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedoning xizmatlariga qiziqish bildirishni boshladi.
"CaughtOffside" nashrining ma’lumot berishicha, madridliklar ekvadorlik xavbekni klubga yarim himoyani qayta qurishda yordam bera oladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda. "Real" yozgi transfer oynasida yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni asosiy maqsadi qilib qo‘ygan.
Futbolching hozirda "Transfermarket" portalidagi narxi 90 million evroni tashkil etadi. 24 yoshli futbolching London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" Moyses Kaysedoni 2023 yilda "Brayton"dan 116 million evroga sotib olgan edi. Futbolchi "aristokratlar" safida jami 107 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol kiritgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar