
“Real” Chempionlar ligasida mingdan ortiq gol urishga qodir ekan (foto)
“Real” eng nufuzli turnir –Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha Evropaning istalgan jamoasidan zo‘r ekani isbotlandi.
Statistika mutaxassislar madridliklar Chempionlar ligasida kiritgan to‘plari sonini hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, “Real” bu turnirda raqiblari darvozasini 1024 marotaba ishg‘ol qilgan ekan.
“Real”ning Chempionlar ligasidagi eng zo‘r to‘purari Krishtianu Ronaldu bo‘lib turibdi. Portugaliyalik yulduz madridliklar uchun bu turnirda 105 ta gol urgan.
Qolgan birorta jamoa minglik dovonga yaqinlashgani ham yo‘q. Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan “Bavariya” o‘yinchilari o‘z hisobiga 782 ta gol yozdirib qo‘ygan. Shunga qaramay, myuenxenliklar madridliklardan 242 ta to‘pga ortda qolmoqda va bu farqni yo‘qqa chiqarish deyarli imkonsiz.
Uchinchi o‘rin sohibi “Barselona” hisobida 655 ta gol bor.
Fikrlar