“Real” Chempionlar ligasidan qancha daromad qildi?

  • 30 may, 2022, 10:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

Mutaxassislar Chempionlar ligasining g‘olibi “Real” ushbu turnirdan qancha mablag‘ ishlab topganini hisoblab chiqdi.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, jamoalar Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etgani uchun 15 million va undagi har bir g‘alabaga qo‘shimcha tarzda 2,5 million evrodan pul oladi.

Shuningdek, finalga chiqqan jamoa yana 15 million, g‘olib esa 22 million evro bilan taqdirlanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Real” o‘zi uchun muvaffaqiyatli yakunlagan turnirdan 123 million evro miqdorida mablag‘ ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!