"Real"da jiddiy ichki muammolar yuzaga keldi, hatto Mourin'yo ham yordam bermadi
«Real» ichida nizo kuchaymoqda. «Real» klubi ichida derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jiddiy ixtiloflar avj olgani xabar qilinmoqda.
Bu haqida madridliklar hayotini yoritib kelayotgan jurnalist Mario Kortegana o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, klub ichidagi manbalar «Atletiko»ga qarshi derbidagi mag‘lubiyatni jamoa futbolchilari haqiqiy fojia sifatida qabul qilganini aytishmoqda. Shu o‘yindan keyin ayrim o‘yinchilar Xose Mourin’yo kelganidan beri jamoa o‘yinida sezilarli o‘zgarish bo‘lmagani haqida o‘ylay boshlagan.
Klubdan yana bir manbaning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabati o‘tgan mavsumdagidek qolgan, jiddiy burilish kuzatilmayapti. Rahbariyatni ham hozir ko‘proq hakamlik masalalari emas, balki «Real»ning o‘yin sifati va maydondagi futbol tomonidan yuzaga kelayotgan muammolar tashvishga solmoqda.

Fikrlar