"Real"da to'rt nafar daxlsiz futbolchi aniqlandi

  • 30.07.2026 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» rahbariyati jamoada qolishi mutlaq kafolatlangan to‘rt nafar futbolchini aniqlab oldi. Ularning transferi hech qanday taklif evaziga ham ko‘rib chiqilmaydi.

Jurnalist Jorje Pikona ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar darvozabon Tibo Kurtua, yarim himoyachilar Federico Valverde va Jud Bellingem, shuningdek hujumchi Kilian Mbappeni sotish niyatida emas. 

Manba ta’kidlashicha, klub bu futbolchilarni jamoaning uzoq muddatli loyihasida asosiy figuralar sifatida ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, shu yozda «Real»ning bosh murabbiyligiga Joze Mourinyo tayinlandi. Portugaliyalik mutaxassis 2010–2013 yillarda ham Madrid klubini boshqargan. O‘sha davrda madridliklar Ispaniya chempionligi, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritgan edi. O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra esa «Real» La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!