
"Real" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikola Skira ijtimoiy tarmoq X (avvalgi Twitter) orqali xabar berdi.
Manbaning yozishicha, belgiyalik posbon va klub 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni yakunlash arafasida. Ayni damdagi shartnoma 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Ushbu mavsumda Kurtua "Real" safida barcha musobaqalarda 44 o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol o‘tkazib yuborgan va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlagan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining bozor bahosi 25 million evroni tashkil qiladi.
34 o‘yindan so‘ng "Real" La Liga turnir jadvalida 75 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. 35-turda Karlo Anchelotti jamoasi "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar