
“Real” darvozaboniga Angliya superklubidan ish chiqdi
“Real”ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtuaning og‘ir jarohat olishi, uning o‘rniga “Chelsi”dan ijaraga olingan Kepa Arrisabalaganing o‘zini ko‘rsata olmagani oqibatida jamoa darvozasini egallagan Andrey Lunin iqtidorini ko‘rsata oldi.
Joriy mavsumga qadar zaxira futbolchisi bo‘lgan ukrainalik posbonga katta klublar nazar tashladi. Luninni “Manchester Yunayted” ishga taklif qilmoqchi.
Manchesterliklar o‘tgan yoz katta umidlar bilan Andre Onani olib kelgandi. Biroq bu posbon ishonchni oqlay olmadi.
Todofichajes nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari Onana o‘rniga Luninni olib kelmoqchi. Bu transferni amalga oshirish uchun angliyaliklar 35 million evro to‘lashi kerakligini aytilmoqda.
Fikrlar