"Real" darvozabonini quyi liga klubiga berib yuboradi

  • 11 yanvar, 2020, 16:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin katta ehtimol bilan faoliyatini qaeda davom ettirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tish lozimki 20 yoshli ukrainalik posbon mavsumni "Valyadolid" safida ijarada o‘tkazayotgan edi, biroq, u ushbu jamoada etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab “Real” uni muddatidan avval ortga qaytarib oldi.

Sport Arena nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Lunin mavsumni Segundada ishtirok etuvchi “Real Ovedo” jamoasida davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!