
"Real" "Dinamo" Moskva futbolchisiga qiziqish bildirgani borasidagi mish-mishlarga izoh berdi
"Real" matbuot xizmati "Dinamo" Moskva yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Klub odatda bunday ma’lumotlarni oshkor qilmaydi. Ammo biz “Real”ning Zaxaryanga qiziqish bildirgani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz”, dedi klub matbuot xizmati xodimi “Sport Ekspress”ga bergan intervyusida.
5 sentyabr kuni Ispaniyaning “AS” nashri “Real” va “Barselona” Zaxaryanga qiziqish bildirgani haqida xabar berdi. Biroq hozircha Moskva klubiga ispan grandlaridan hech qanday rasmiy taklif tushmagan.
1 sentyabr kuni “Dinamo” 19 yoshli rossiyalik iqtidor yozgi transfer oynasi vaqtida “Chelsi”ga o‘tmasligini e’lon qildi. London klubi Angliyadagi transfer oynasi yopilgunga futbolchini 15 million evroga sotib olishni uddalay olmadi.
Fikrlar